Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sudda «ishni hal qilaman» deb, 1800 AQSh dollari olgan advokat ushlandi

Sudda «ishni hal qilaman» deb, 1800 AQSh dollari olgan advokat ushlandi

Foto:«Xabar.uz»

Fuqarolik sudida nikohni bekor qilishga oid ishni «hal qilish» uchun 1800 AQSh dollari olgan advokat qo‘lga olindi. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi xabar bermoqda.

Aytilishicha, voqelik Qo‘qon shahrida yuz bergan. Mahalliy advokat U. R.ga Qo‘qonga tutash Dang‘ara tumanida istiqomat qiluvchi ayol o‘g‘li va kelini o‘rtasidagi nikohni sudda  bekor qilish masalasida murojat qilgan. Advokat ishni «sudyalar bilan kelishgan holda»  tezroq hal etishni aytib, murojaatchi bilan  hech qanday shartnoma tuzmagan holda 1800 AQSh dollari naqd sanab oladi. Biroq sudda masala hal bo‘lmaydi,  advokat esa  «ana-mana» deb, ikki yilni o‘tkazadi.

Nihoyat, pichoq suyakka yetgach, ayol tegishli organlarga murojaat qiladi.

Hafta burun U. R. ikki yil avval olgan 1800 AQSh dollaridan 100 dollarini qaytarayotganda qo‘lga tushadi.

Manbamizga ko‘ra, holat yuzasidan firibgarlik va pora berishga qasd qilish alomatlari bilan jinyaot ishi qo‘zg‘atilgani ehtimoli yuqori. Biroq bu haqda rasmiy ma’lumot berilgani yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring