Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sud mashina oynasiga parda taqishni yana bir bor qonuniy deb topdi

Sud mashina oynasiga parda taqishni yana bir bor qonuniy deb topdi

Ichki ishlar vaziri avtomobillarning orqa yon oynasiga parda taqish masalasining qonuniy to‘g‘ri ekani haqida Buxoro shahar ma’muriy sudi qaroriga norozi bo‘lgan edi.

Buxoro viloyati IIB YHHB bugun bo‘lib o‘tgan Buxoro viloyati ma’muriy sudidagi kassatsiya tartibidagi majlisda o‘z vajlarining asosli ekanini isbotlab bera olmagan.

Qizig‘i, sudda qatnashgan viloyat prokurori yordamchisi ham fuqarolarning fikrini quvvatlab, haydovchilarning avtomobil orqa yon oynalariga parda taqishlari qonuniy ekanini bildirgan.

Sud tomonlar keltirgan vajlarni ko‘rib chiqqach, Buxoro shahar ma’muriy sudining dastlabki qarori ya’ni, haydovchilarning orqa yon oynaga parda taqish bo‘yicha harakatlari qoidabuzarlikka kirmasligi bo‘yicha qarorini kuchda qoldirgan.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring