Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sud «Inson va qonun» gazetasiga raddiya chop etish va rasman uzr so‘rash majburiyatini yukladi

Sud «Inson va qonun» gazetasiga raddiya chop etish va rasman uzr so‘rash majburiyatini yukladi

Bugun fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudi Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondining «Inson va qonun» gazetasiga nisbatan «Raddiya chop etish va rasman uzr so‘rash majburiyatini yuklash haqida»gi da’vosi bo‘yicha hal qiluv qarorini e’lon qildi.

Gap shundaki, gazetaning 2019-yil iyul oyidagi sonlaridan birida «Bobur ruhini bezovta qilganlar» maqolasi bosh ofisi Andijon shahrida joylashgan Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi rahbariyatida jiddiy e’tiroz uyg‘otgan. Maqola bir tomonlama, faktlar buzib talqin qilinishidan tashqari unda fond raisi sha’ni va qadr-qimmatiga daxl qilingan deb hisoblagan «Bobur» fondi maqolaga nisbatan raddiya beradi. Biroq tahririyat raddiyani chop etishdan bosh tortganidan so‘ng fond «Inson va qonun» gazetasiga nisbatan fuqarolik sudida da’vo qo‘zg‘agani haqida xabar bergandik.

Fond matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, sudning hal qiluv qarori bilan da’voni qanoatlantirib, «Inson va qonun» gazetasi tahririyatiga bir oy muddat ichida raddiya chop etish va rasman uzr so‘rash majburiyatini yukladi.

Pirovardida, sud tomonidan hal qiluv qarorga nisbatan tegishli tartibda shikoyat qilish mumkinligi tushuntirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring