Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Soliq to‘lamagan fermer «Neksiya»sidan ajraldi

Soliq to‘lamagan fermer «Neksiya»sidan ajraldi

Foto: «Pikabu»

Ayrim soliq to‘lovchilar budjet va budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga to‘lanadigan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmayapti. Oqibatda katta miqdorda qarzdorlik vujudga kelmoqda.

Bunday holatlarga barham berish maqsadida majburiy ijro byurosi, agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda davlat soliq inspeksiyalari hududiy bo‘limlari xodimlaridan iborat ishchi guruh joylarda majburiy ijro harakatlarini olib bormoqda.

Jumladan, Pastdarg‘om tumanida olib borilgan tadbirda 8 million 727 ming so‘mlik soliq qarzdorligi mavjud bo‘lgan «Hosil Ubaydullo Bobur» fermer xo‘jaligiga ijro hujjatining mazmuni to‘liq tushuntirildi. Ijro hujjati yuzasidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorning boshqaruvida bo‘lgan avtomashina realizatsiya qilish maqsadida xatlandi. Bundan tashqari, fermer xo‘jaligiga tegishli taxminiy bahosi 17 million so‘mlik makkajo‘xori ro‘yxatga olindi.

Shuningdek, ishchi guruh tomonidan «Alangov Fayratjon ATT» fermer xo‘jaligining 5 million 417 ming so‘mlik soliqdan qarzdorligini undirishga kirishildi. Fermer xo‘jaligi boshlig‘i ijro hujjati bilan tanishtirilgach, xatosini anglab yetdi. Soliqdan bo‘lgan qarzdorligini to‘liq bartaraf etdi.

«G-Isoq-Ismat-Sarmantepa» fermer xo‘jaligining soliqdan qarzi 7 million 382 ming so‘mni tashkil etadi. Sud qaroriga asosan qarzdorlikni undirish fermer xo‘jaligi mol-mulkiga qaratilgan. Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorning boshqaruvida bo‘lgan «Neksiya» avtomashinasi xatlanib, jarima maydonchasiga keltirildi.

Odil To‘xtayev,
majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi bo‘lim katta inspektori

Manba: zarnews.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring