Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

So‘kong‘ichlik hokimlardan MIBchilarga o‘tdimi? (audio)

So‘kong‘ichlik hokimlardan MIBchilarga o‘tdimi? (audio)

Foto: Xabar.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Kasbi tuman Majburiy ijro bo‘limi boshlig‘iga tegishliligi aytilayotgan audio tarqaldi.

Nasafnews saytining yozishicha, tahririyatga Kasbi tumanidan ovozli xabar va yozma murojaat kelib tushgan. Audioda rahbarning  o‘z xodimiga uyma-uy yurayaptimi-yo‘qmi qattiq ohangda so‘ragani, shundan so‘ng xodimini buralab so‘kib (quyidagi audioda so‘kinilgan so‘zlar o‘chirildi – tahr.), obdon «siylaydi». Yozma murojaatda o‘zini oshkor etishlarini istamagan fuqaro ovoz Kasbi tuman Majburiy ijro bo‘limi boshlig‘iga tegishliligini iddao qiladi.

Murojaatchi xodimlar nafaqat so‘kish eshitishayotgani, balki maoshlarini vaqtida olisholmayotgani, karantinda qiyin ahvolda qolgan aholi esa to‘lovga majbur qilinayotgani haqida ham yozgan.

– Rahbarning bunaqa munosabati doimiy tus olgan, – deb yozadi murojaat egasi. – Kundalik yig‘ilishlar xodimlarning shaxsiyatiga tegish bilan boshlanib, jamoaviy haqoratlash bilan tugaydi. Karantin davrida Majburiy ijro byurosi xodimlari maoshini o‘z vaqtida olmasdan ishlab turgan bo‘lsa ham, uyma-uy yurishga majburlanmoqda. Karantinda ishsiz qolgan aholi ham turli yo‘llar bilan to‘lov qilishga majburlanmoqda.

Ovozli xabar tahririyatga kelib tushganidan so‘ng ushbu ovoz Kasbi tuman Majburiy ijro bo‘limi boshlig‘iga tegishli yoki yo‘qligini aniqlashtirish maqsadida jurnalist Qashqadaryo viloyati MIBga qo‘ng‘iroq qilgan. «MIBchilar» aniq bir javob aytolmay, aloqani uzgan.

«Hammasi keyin boshlandi – viloyat prokuraturasi xodimlari tahririyatga bog‘lanishdi. Qolgani o‘sha, hammamiz bilgan eski gaplar! Tahririyat muxbiri AYBDOR!» – deb yozadi Nasafnews sayti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring