Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sardor Umrzoqov Oliy sudda tanqidiy ruhda yig‘ilish o‘tkazmoqda

Sardor Umrzoqov Oliy sudda tanqidiy ruhda yig‘ilish o‘tkazmoqda

Arxiv foto.

Ayni daqiqalarda Sardor Umrzoqov kuni kecha Senat tomonidan tasdiqlangan Oliy sudning yangi raisi Baxtiyor Islomovni jamoaga tanishtirmoqda. Bu haqda Komil Allamjonov ma’lum qildi.

«Yig‘ilish juda keskin va tanqidiy o‘tyapti. Chunki bugun jamoatchilikning aksariyati sud tizimidan mutlaqo norozi.

Adolatli sud tizimisiz hech qanday rivojlanish bo‘lmaydi. Va bugungi sud tizimi katta islohotlarga muhtoj», deb yozadi Komil Allamjonov.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Kozimjon Komilov Oliy sud raisi lavozimidan ozod etilib, o‘rniga  Baxtiyor Islomov tayinlangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring