Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda turk quruvchilar va mahalliy aholi o‘rtasida mushtlashuv bo‘ldi

Samarqandda turk quruvchilar va mahalliy aholi o‘rtasida mushtlashuv bo‘ldi

Foto: Zarnews

Bugun, 6 noyabr kuni Samarqand shahridagi Qorasuv massivi, Obod maskan mahallasi hududida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning qurilish maydonida qurilish-montaj ishlarini olib borayotgan Turkiya davlati va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qurilish maydoni hovlisida o‘zaro kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida janjallashgan.

Urishish sabab 3 nafar Turkiya va 1 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tan jarohati olgan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Samarqand shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati prokuraturasi axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring