Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda «Tramadol» savdosi bilan shug‘ullangan shaxs 7 yilga «kesildi»

Samarqandda «Tramadol» savdosi bilan shug‘ullangan shaxs 7 yilga «kesildi»

Foto: «Google.com»

Nodir Begmatov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) ko‘p miqdordagi psixotrop moddalarini Samarqand shahri hududiga tashib kelib, kelgusida sotish maqsadida o‘zida saqlab kelgan.

U Samarqand shahar Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan «Afrosiyob» suv havzasi oldida viloyat IIB PPXB xodimlari tomonidan to‘xtatilib, shaxsiy tintuv qilinganda, yonida 801 dona «Tramadol Lannaxer 50 mg» yozuvli, umumiy vazni 40,05 gramm tabletkalar borligi aniqlangan.

N.Begmatov ushbu dori vositalarini Toshkent shahridagi noqonuniy dori vositalari sotuvchi tanishlaridan, shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kelayotganligini bildirgan. To‘g‘ri, "tramadol" O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalasi cheklangan giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga kiritilganligi bilan birga opiyli narkotik analgetiklar guruhiga kirib, og‘riq qoldiruvchi dori vositasi hisoblanadi. Ammo ushbu dori vositasini boshlang‘ich dozasi 1 tabletka yoki 50 milligramni, kuchli og‘riqlarda bir martalik doza 2 tabletka 100 milligramni va maksimal sutkalik doza esa 8 tabletka 400 milligramni tashkil qiladi.

Shu bois, sud majlisida umumiy og‘irligi 40,05 gramm tramadol psixotrop vositasi iste’moldan yuqori deb baholandi. Ayblanuvchiga yetti yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, 2019 yilning birinchi yarmida giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish bilan bog‘liq jami 61 (2018 yil shu davrida 52) ta jinoyat ishi ko‘rilib, 125 (92) nafar shaxsga nisbatan hukm chiqarilgan.

Ushbu shaxslarning 8 nafarini ayollar, 21 nafarini yoshlar va 7 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar tashkil qiladi.

O‘tkir MAMADALIYeV,

jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudi raisi o‘rinbosari

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring