Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda temir yo‘lga aloqador 3 ta baxtsiz hodisa ro‘y berdi. Birida 8-sinf o‘quvchisi vafot etgan

Samarqandda temir yo‘lga aloqador 3 ta baxtsiz hodisa ro‘y berdi. Birida 8-sinf o‘quvchisi vafot etgan

«Afrosiyob» elektropoyezdi harakatini tashkil qilish maqsadida «Toshkent-Samarqand» temir yo‘l infrastrukturasi yuqori tezlikda harakatlanish talablariga moslanib, 2011 yil avgust oyida foydalanishga topshirildi. Temir yo‘l infrastrukturasi ikki yon tarafi to‘siqlar bilan o‘ralib, yo‘l atrofidagi bino va inshootlar arxitektura holati va estetik ko‘rinishi talab darajasiga keltirilgan.

Yaratib berilgan sharoitlarga qaramasdan, temir yo‘l atrofida mahalliy aholi tomonidan yo‘ldan o‘tish qoidalari ko‘p marotaba buzilmoqda. Huquqbuzar shaxslar tomonidan temir yo‘l to‘siqlarini buzish hamda atrofda chorva mollarini boqish holatlari yuz bermoqda. Shuningdek, metall sotib, pul ishlash maqsadida fuqarolar tomonidan relsni ulovchi moslama, kontakt osmasini tortib turuvchi chugun temirlar kabi moddiy resurslarni o‘g‘irlayotgani, yuqori tezlikdagi yo‘lovchi poyezdlar harakatlanadigan temir yo‘l izlariga temir beton jismlarini qo‘yib ketilayotgani turli ko‘ngilsizliklarga sabab bo‘lmoqda.

Jumladan, joriy yil yanvar oyida 3 ta baxtsiz hodisa hamda 1 ta tan jarohatlari olish holati sodir bo‘lgan.

Dastlabki holat yangi yilning ilk kunlarida — 2 yanvarda, soat 12:31 larda «Toshkent-Samarqand-Qarshi» yo‘nalishida qatnovchi «Nasaf» yo‘lovchi poyezdi Past Darg‘om tumani Kichik nayman mahallasi hududida harakatlanib kelayotgan vaqtda, shu mahallada yashovchi fuqaro, mavsumiy ishchi Hasan Yuldashevni urib ketishi oqibatida u jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, 2020 yil 10 yanvar kuni soat 20:29 larda «Moskva-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlangan poyezd «Zarafshon-Jomboy» temir yo‘l bekatlari oralig‘i — Cho‘ponota mahallasi hududida harakatlanib kelayotgan vaqtda, Farhod shaharchasida yashagan Raifa Bektashevani urib ketishi oqibatida u jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.

18 yanvar kuni soat 14:00 larda «Toshkent-Samarqand-Buxoro» yo‘nalishida qatnovchi «Sharq» yo‘lovchi poyezdi «Ziyovuddin-Navoiy» temir yo‘l bekatlari oralig‘i — Paxtachi tumani Go‘ro‘g‘li mahallasi hududida harakatlanib kelayotgan vaqtda, shu mahallada yashagan 2005 yilda tug‘ilgan Firdavs Eshquvatovni urib ketishi oqibatida u jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.

Shu bilan birga 11 yanvar kuni soat 14:10 da Paxtachi tumani Ziyovuddin temir yo‘l bekatidagi «Ziyovuddin-Tinchlik» yo‘nalishida Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli ruda ortilgan yuk vagonlarini tashuvchi yuk poyezdi Paxtachi tumani Yangiobod mahallasi hududida harakatlanib kelayotganida Major mahallasida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan, vaqtincha ishsiz fuqaro Farrux Haydarov yuk vagoni ustiga chiqib, ruda toshlarni talon-toroj qilmoqchi bo‘lganida, ehtiyotsizligi natijasida vagondan tushib ketib, o‘ng oyog‘ining tizza boldir qismini vagon g‘ildiraklari kesib ketgan va jiddiy jarohat olgan.

Nizomjon MAMATOV,

Samarqand viloyati IIB transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi XPB katta inspektori, mayor

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring