Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda giyohvandfurushlar qo‘lga tushdi

Samarqandda giyohvandfurushlar qo‘lga tushdi

Foto: «Tergov.uz»

Samarqand viloyati Toyloq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 28 yoshli Nuriddin J. va 22 yoshli Mahroj R.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida 2021-yil 31-mart kuni soat 19:30 larda Toyloq tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbirda Nuriddin J. va Mahroj R.lar shartli ravishda xaridor sifatida jalb qilingan fuqarolarga 1 000 000 so‘m evaziga 13 dona gugurt qutisiga qadoqlangan vazni 42.63 gramm «marixuana» giyohvand moddasini sotayotgan vaqtlarida ushlanib, Nuriddin J.ning «Lasetti» rusumli avtomashinasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda o‘rindiq tagidan 3 dona gugurt qutisiga qadoqlangan vazni 9.47 gramm «marixuana» giyohvand moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda ushbu giyohvand moddaning kelib chiqish manbai va ayblanuvchilar doirasini aniqlash maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring