Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda avtomobil olib qochgan 17 yoshli o‘smir 4 yilga «kesildi»

Samarqandda avtomobil olib qochgan 17 yoshli o‘smir 4 yilga «kesildi»

Foto: Tergov departamenti

2019-yilning 26-oktyabr kuni taxminan soat 04:00larda 17 yoshli Ozodbek U. Samarqand viloyati Jomboy tumani «Qorasuv» qishlog‘ida yashovchi 28 yoshli fuqaro Z.Sh.ning uyi darvozasi oldida turgan «Damas» avtomashinasi eshiklari ochiqligi va kaliti o‘zida bo‘lganligidan foydalanib, atrofda hech kim yo‘q vaqtda avtotransport vositasini olib qochgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

So‘ngra «M-39» sonli avtomobil yo‘li bo‘ylab «Toshkent-Samarqand» yo‘nalishi bo‘yicha ushbu avtomashinani boshqarib borib, 1106 km.da qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan haydovchi F.M.ning boshqaruvida bo‘lgan «Neksiya» rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni Jomboy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Ozodbek U.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida uning muqaddam ikki marotaba o‘g‘irlik jinoyatlarini sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169 moddasi 3-qismining «a» bandi (takroran o‘g‘irlik) va 267-moddasi 1-qismi bilan ayblov e’lon qilinib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov yakuniga ko‘ra jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tegishli sudlovga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jomboy tuman sudining 2019-yil 16-dekabr kunidagi hukmiga ko‘ra,  Ozodbek U. yuqoridagi jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring