Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda 67 bosh qo‘yni o‘g‘irlagan o‘g‘rilar qo‘lga olindi

Samarqandda 67 bosh qo‘yni o‘g‘irlagan o‘g‘rilar qo‘lga olindi

2019 yil 18 oktyabr’ kuni taxminan soat 21:30 larda 53 yoshli Murod N. jinoiy sherigi 34 yoshli Ma’murjon U. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, fuqaro E.X.ning Samarqand viloyati Nurobod tumanida joylashgan hovlisiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, og‘ilxonadan E.X.ga tegishli har-birining bahosi 1.300.000 so‘mlik jami 87.100.000 so‘m bo‘lgan 67 bosh qo‘yni yashirin ravishda talon-taroj qilib, ularni shu yerdagi qirga haydab borib, 46 bosh qo‘yni «Lasetti» va «Gazel» rusumli yuk avtomashinalariga yuklab, sig‘may qolgan 21 bosh qo‘yni shu joyga qo‘yib yuborib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Ma’murjon U. qo‘ylarni Buxoro viloyati, Vobkent tumaniga olib borib, tanishi U.X.ga har-birini 930.000 so‘mdan hisoblab jami 40.920.000 so‘mga sotib yuborgan. Savdo vaqtida jinoyatchi qo‘ylar o‘ziga tegishli ekanini aytgan.

Mazkur holat yuzasidan Nurobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «b», «g» bandlari bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilgan.

Tergov jarayonida aniqlanishicha, Ma’murjon U. takroran 2019 yil 31 oktyabr kuni Buxoro viloyati, Vobkent tumanida joylashgan bog‘dorchilik fermer xo‘jaligidan fuqaro U.H.ga tegishli muqaddam o‘zi unga sotgan, har-birining bahosi 930.000 so‘mlik jami 39.060.000 so‘m bo‘lgan 42 bosh qo‘ylarini va A.X.ga tegishli 1 bosh bahosi 1.000.000 so‘mlik qo‘yini yashirin ravishda talon-taroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Jinoyat ishi bo‘yicha Ma’murjon U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari bilan va Murod N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ayblov e’lon qilinib, ularga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Dastlabki tergov jarayonida Ma’murjon U. va Murod N.lar tomonidan jabrlanuvchilarga etkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplangan. Tergov yakuniga ko‘ra jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sud muhokamasiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Nurobod tuman sudining 2020 yil 7 yanvardagi hukmiga ko‘ra, Ma’murjon U. va Murod N.lar ushbu jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, Ma’murjon U.ga nisbatan 3 yil 3 oy muddatga, Murod N.ga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

IIV huzuridagi Tergov deparatmenti Axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring