Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rasul Kusherbayev: «Umid qilamanki, tushunarsiz «bosh og‘riqlar» boshqa bezovta qilmaydi»

Rasul Kusherbayev: «Umid qilamanki, tushunarsiz «bosh og‘riqlar» boshqa bezovta qilmaydi»

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati R.Kusherbayevga siyosiy faolligi tufayli bosim o‘tkazilganligi haqida ommaviy axborot vositalarida keng tarqalgan va qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan xabarlar yuzasidan Bosh prokuraturada deputatning bevosita ishtirokida o‘rganish o‘tkazilgani ma’lum qilingandi.

Holat bo‘yicha deputatning o‘zi ham izoh qoldirdi:

«Internet tarmoqlarida men bilan bog‘liq gap-so‘zlar Bosh prokuratura tomonidan o‘rganib chiqildi. Bu jarayonga o‘zim guvoh bo‘lib, mamlakatimizda deputatlik daxlsizligi, sha’ni va ishchanlik obro‘sini muhofaza qilish masalasiga mas’uliyat  bilan  yondashilayotganligini kuzatib  bordim.

Eng muhimi, deputatlarning Davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan islohotlar jarayonida xalq vakili sifatida o‘z vazifasiga ongli ravishda vijdonan yondashib, saylovchilar manfaati yo‘lida intilishi xolis faoliyat bo‘lib, bu borada unga hech qanday ta’sir ko‘rsatilishi mumkin emas. Bunday ta’sirlar keskin qoralanadi. Bosh prokuratura va mazkur tizim bu borada deputatlarni doimo qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirmoqda.

Umid qilamanki, aytilayotgan va qilinayotgan ishlar birligi yo‘lida o‘zaro hamkorlik va ishonch yuqori ruhda davom etadi, tushunarsiz «bosh og‘riqlar» boshqa bezovta qilmaydi.

Fursatdan foydalanib, shaxsan Bosh prokurorimizning xalq vakillari va jamoatchilik faollarini qo‘llab-quvvatlash, ishchanlik obro‘sini muhofaza qilishdagi alohida yondashuvi uchun minnatdorlik  bildiraman!» — deb yozadi Rasul Kusherbayev. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring