Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasmiy xabar. Toshkent viloyatida voyaga yetmagan bolalar jasadi topilgani haqidagi ma’lumot — yolg‘on

Rasmiy xabar. Toshkent viloyatida voyaga yetmagan bolalar jasadi topilgani haqidagi ma’lumot — yolg‘on

Foto: IIBB

Internet tarmog‘ida va Telegram messendjerida Toshkent viloyati hududida voyaga yetmagan bolalarning jasadlari ichki organlari bo‘lmagan holatda topilganligi haqidagi ma’lumot tarqamoqda. IIBB matbuot xizmati bu xabarlarga rasmiy izoh berdi.

Ushbu ma’lumotlar haqiqatdan yiroq. Shuningdek, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida harakatlanib yurgan va voyaga yetmaganlarga qiziqish bildiruvchi jinoyatchi paydo bo‘lganligi haqidagi xabarlarda ham asos yo‘q.

Toshkent shahar IIBB asossiz ma’lumotlarni tarqatib, vahima o‘yg‘otayotgan kimsalarning shaxslarini aniqlash bo‘yicha chora ko‘rmoqda.

Hurmatli fuqarolar, sizdan mish-mishlardan kelib chiqqan asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz. Vahima va mish-mishlar manbai bo‘lmang. Agarda sizda biror-bir ma’lumot bo‘lsa, Toshkent shahar IIBBning matbuot-xizmati bilan bog‘lanib, uni aniqlashtirib oling.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring