Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quyichirchiqdagi ichkilikbozlik kechasi qo‘shnilarning pichoqbozligi bilan tugadi

Quyichirchiqdagi ichkilikbozlik kechasi qo‘shnilarning pichoqbozligi bilan tugadi

2020 yil 18 yanvar kuni taxminan soat 22:30 larda 57 yoshli B.M. Quyichirchiq tumani Kushek maxallasida yashovchi maxalladoshining uyida qo‘shnisi 36 yoshli G.A. bilan birgalikda spirtli ichimlik iste’mol qilib o‘tirgan vaqtlarida o‘zaro janjallashib qolib, B.M. stol ustidagi oshxona pichog‘i bilan G.A.ning qorin sohasiga bir marta sanchib tan jarohati yetkazgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berib o‘tdi.

Sudga oid tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, G.A. «og‘ir» tan jarohati olganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Quyichirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan B.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va unga nisbatan ushbu modda bilan ayblov e’lon qilinib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring