Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hokimlik xodimi saylov mas’ullaridan «chernovik» talab qilgani tasdiqlandi

Hokimlik xodimi saylov mas’ullaridan «chernovik» talab qilgani tasdiqlandi

Foto: Sherzod Ikramutdinov

Xushnudbek Xudoyberdiyevning telegram kanalida Yashnobod tuman hokimligi saylov komissiyasining tegishli saylov okruglari mas’ullari bilan telegramda tuzilgan guruhidagi yozuvlar e’lon qilindi.

Bu masala yuzasidan Toshkent shahar hokimligi tegishli huquq tartibot organlari bilan birgalikda zudlik bilan ishchi guruhini tashkil qilib, Yashnobod tumani hokimligidagi holatni o‘rgandi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, bu yozuvlar haqiqatdan ham Yashnobod tuman Kadrlar bo‘limi rahbari Qudrat Husanovga tegishli bo‘lgan va u haqiqatdan saylov okruglari mas’ullarini «chernovik» protokollari bilan aytilgan manzilga yetib kelishlarini talab qilgan.

Ayni paytda «chernovik»lardagi ma’lumotlar hech qanday o‘zgarishsiz «chistovik» protokollarga ko‘chirilishi Yashnobod tuman saylov komissiyasi nazoratiga olingan.

Qudrat Husanov hamda boshqa mas’ullarning ushbu harakati o‘rganilyapti va saylov natijalariga aralashish holati tasdiqlansa, ularga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring