Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qoraqalpog‘istonda jayron ovlagan brakonerlar qo‘lga olindi

Qoraqalpog‘istonda jayron ovlagan brakonerlar qo‘lga olindi

Foto: Yeco.gov.uz

2019 yil 3 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi Ekologik nazorat inspektorlari tomonidan Taxtako‘pir tumani hududida amalga oshirilgan navbatdagi reyd davomida brakonerlar qonunga xilof ravishda jayron ovlab, qaytayotganda qo‘lga olindi.

Taxtako‘pir tumani «Qoӊiratkөl» OFYda fuqarolar M.D., T.M., A.J. hamda Q.Q. boshqaruvidagi UAZ-469 markali, davlat belgisi 95 J752EA bo‘lgan avtotransport tegishli tartibda to‘xtatildi. Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari bo‘limi xodimlari tomonidan avtotransport tekshirilganda O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan 3 bosh otib o‘ldirilgan jayron, ov quroli borligi aniqlandi.

Tekshirish davomida fuqaro Q.Q. ga tegishli bo‘lgan IJ-58 2x12 kalibrli № R-05351-son ov quroli, projektor, o‘q va o‘q qatorlar, 3 bosh jayron ashyoviy dalil sifatida olindi.

Huquqbuzar shaxslar tomonidan hayvonot dunyosi ob’yektlaridan foydalanish, O‘zbekiston Respublikasi hududida ov qilish sohasidagi qonunchilik talablari buzilgan bo‘lib, hozirda tabiatga yetkazilgan zarar va jarima miqdori aniqlanmoqda.

Tekshirish yakunlari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar qo‘shimcha e’lon qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring