Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining raisi saylandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining raisi saylandi

Foto: «Smolpravda.ru»

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining o‘n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Bazarbayeva Gulnara Jumanazarovna Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining raisi etib saylandi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarni jadal sur’atlarda rivojlantirish, aholi farovonligi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, ularning qonuniy huquqlarini ta’minlash borasida keng ko‘lamli amaliy chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan maxsus farmon bilan sud tizimiga tashkiliy-tuzilmaviy o‘zgarishlar kiritildi. Shu asosda jinoyat, iqtisodiy va fuqarolik sudlari birlashtirilib, ular asosida sudyalarning qat’iy ixtisoslashuvini saqlab qolgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi tashkil etildi.

Shu munosabat bilan kuni kecha bo‘lib o‘tgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining o‘n beshinchi sessiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli moddalariga qo‘shimchalar kiritilishi deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring