Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘qondagi choyxonda o‘q ovozi eshitildi, uch kishi yaralangan...

Qo‘qondagi choyxonda o‘q ovozi eshitildi, uch kishi yaralangan...

Qo‘qondagi choyxonalardan birida o‘q otar quroldan o‘q uzilib, jinoyat sodir etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari xabar berib o‘tdi.

2020-yil 6-fevral kuni soat 00.10 larda Qo‘qon shahar, General Uzoqov ko‘chasida joylashgan choyxonda fuqaro J.J. fuqaro B.M. va uning ikki nafar sheriklari bilan janjallashgan.

Janjal davomida, J.J. choyxona kirish eshigi oldida turgan B.M. va uning sheriklariga o‘zida bo‘lgan o‘q otar qurol (ov miltig‘i) dan ikki marotaba o‘q otib, tan jarohati yetkazgan va voqea joyidan yashiringan.

Jabrlanuvchilar olgan jarohatlarning og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sudga oid ekspertiza tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 25,97-moddasi 2-qismi «a, p» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring