Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Qodirov ishi»ning qolgan figurantlari haqida ma’lumot berildi

«Qodirov ishi»ning qolgan figurantlari haqida ma’lumot berildi

Foto: «Xabar.uz»

Ma’lumki, Rashid Qodirov va boshqalarga nisbatan yuritilgan jinoyat ishining bir qismi bo‘yicha (13 nafar shaxsga nisbatan) ayblov hukmi chiqarilib, jinoiy guruh rahbari deyilgan sobiq bosh prokuror 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgandi.

«Qodirov ishi» nomi bilan tilga tushgan  mazkur jinoyat ishining yana 11 nafar figurantlari-chi? Ularga nisbatan olib borilayotgan jinoyat ishi ayni paytda qaysi bosqichda?

«Xabar.uz»ning shu mazmundagi so‘roviga Bosh prokuratura matbuot xizmatidan qo‘yidagicha javob olindi.  Unga ko‘ra: «...Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan sud hukmining aybloviga ta’sir ko‘rsatmaydigan qismi qolgan shaxslarga nisbatan alohida jinoyat ishi sifatida ish yurituviga ajratib olingan hamda tergov harakatlari olib borilmoqda».

Shuningdek: «R.Qodirov va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha Toshkent shahar sudining hukmi qonuniy kuchga kirgan.  Hukmga nisbatan (bugungi kun holatiga) prokuratura tomonidan protest keltirilmagan».

Demak, «Qodirov ishi» bo‘yicha chiqarilgan hukmga nisbatan prokuraturaning hozircha e’tirozi yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring