Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bug‘doy qiroli» hibsga olingani aytilmoqda. Biroq...

«Bug‘doy qiroli» hibsga olingani aytilmoqda. Biroq...

Illyustrativ foto

Qator ommaviy axborot vositalarida yirik tadbirkor Dilshod Sayfiddinov hibsga olingani haqida xabar tarqaldi. Xabarlarda «Bug‘doy qiroli» deyiladigan D.Sayfiddinov «O‘zdonmahsulot» kompaniyasida rahbarlik lavozimida ishlagani, don mahsulotlarini qayta ishlash tizimida o‘ziga yarasha qudratga ega ekani aytilmoqda.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Sayfiddinov korrupsiya bilan bog‘liq ayblov bilan qo‘lga olingan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi bilan bog‘langanimizda bu bora hech bir rasmiy ma’lumot yo‘qligi bildirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring