Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Puli to‘langan uydan darak yo‘q, quruvchida esa ming xil bahona...

Puli to‘langan uydan darak yo‘q, quruvchida esa ming xil bahona...

Insonning makonlik bo‘lishi uchun, ya’ni xonadon xarid qilishi uchun ancha mashaqqat va mablag‘i ketadi.

Joriy yilning dekabr oyi boshida Buxoro shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Buxoro shahri Alpomish ko‘chasi 9/2-uy 3-xonada yashovchi fuqaro Ro‘ziyeva Zulayxo 2019-yil 10-martda yakka tartibdagi uy quruvchi fuqaro I.K. bilan xonadon xarid qilish uchun og‘zaki shartnoma tuzib, pul to‘lagani hamda xonadoni haligacha bitmaganligidan norozi bo‘lib, og‘zaki murojaat qilgan.

Iste’molchi Ro‘ziyeva Zulayxo uy quruvchiga 90 000 000 so‘m naqd pul oldindan to‘lagani hamda hozirgi kunga kelib uy quruvchi bino qurilishini paysalga solib kelayotgani va iste’molchi xonadoni o‘z vaqtida tekshirilmagani sababli to‘lagan naqd pulini qaytarib olmoqchi bo‘layotganini ma’lum qilgan.

Uy quruvchi fuqaro I.K. turli bahonalar bilan pulni qaytarib bermagandan keyin iste’molchi Buxoro shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatidan amaliy yordam so‘ragan. Jamiyat xodimlari tomonidan murojaat joyida borib o‘rganilganda haqiqatdan ham iste’molchi 90 000 000 so‘m naqd pul to‘lagani aniqlandi hamda unga naqd puli to‘liq qaytarib olib berildi va uy quruvchiga bundan keyin bu kabi  kamchiliklar qaytarilmasligi to‘g‘risida ogohlantirish berildi.

Hurmatli iste’molchi! Katta mablag‘ to‘lashdan oldin ish bajaruvchi bilan qonuniy talablari belgilangan  yozma shartnoma tuzgan bo‘lsangiz, yoki siz O‘zbekiston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining hududlardagi tashkilotlariga o‘z qonuniy huquqlaringizni himoya qilish maqsadida murojaat qilsangiz moddiy va ma’naviy zarar ko‘rmasligingiz kafolatlanadi!

S.Nayimova, Axborot va matbuot bo‘limi mutaxassisi 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring