Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuratura: jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov hibsga olinmagan

Prokuratura: jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov hibsga olinmagan

Bugun, 5-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda xorazmlik jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetovning hibsga olingani haqida xabarlar tarqaldi.

«Xabar.uz» holatga aniqlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot xizmati bilan bog‘landi.

Urganch shahar prokuraturasining ma’lum qilishicha, fuqaro Ro‘zmetov Davlatnazar Shixnazarovich 2019-yil 5 oktyabr kuni tushlik vaqti o‘z ishlari bilan Urganch shahar, «Istiqlol» mahallasi hududida joylashgan ATB «Ipoteka bank» Urganch shahar filialiga kelganida bank oldida oldindan tanishi bo‘lgan fuqaro K.Umarova bilan uchrashib qolib, u bilan bundan 1 yil oldingi o‘zaro pul oldi-berdisi masalasida o‘zaro janjallashib qolishgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro K.Umarovaning arizasiga asosan D.Ro‘zmetov Urganch shahar bo‘yicha IIO FMB 3-son IIBga qarashli 16-sonli tayanch punktiga 13.30 larda olib kelinib, undan tushuntirish xati olingan va u soat 15.30larda IIB tayanch punktidan chiqib ketgan.

Xususan, fuqaro D.Ro‘zmetov ma’muriy tartibda ushlab turilmagan va unga nisbatan qamoq yoki boshqa jazo choralari qo‘llanilmagan.

Hozirgi vaqtda, K.Umarovaning arizasi yuzasidan Urganch shahar IIO FMB 3-son IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring