Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Poyezdga adashib chiqqan yo‘lovchi nimalar qilishi kerak?

Poyezdga adashib chiqqan yo‘lovchi nimalar qilishi kerak?

Boshqa noto‘g‘ri yo‘nalish poyezdiga adashib chiqqan yo‘lovchi, poyezdni eng yaqin stansiyada tark etishi kerak. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Bu holatda yo‘lovchi poyezdga adashib chiqqan stansiyasiga bepul qaytarib yuboriladi. Chiptada ko‘rsatilgan muddatdan oldin poyezdga chiqqan yo‘lovchi yo‘ldagi stansiyada o‘z chiptalarini qayta rasmiylashtirish sharti bilan shu poyezdda manziliga yetib olishi mumkin.

Chiptasida ko‘rsatilganidan qimmatroq vagonga (masalan, chipta platskartga olingan vagon kupe bo‘lsa) kirib qolgan yo‘lovchidan jarima undirilmaydi. Yo‘lovchi bu holda uning chiptasiga mos keluvchi vagonga o‘tishi shart yoki bo‘sh joylar bo‘lsa ushbu vagonda qo‘shimcha to‘lov evaziga qolishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring