Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Payariqda qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan yigitga sud hukmi o‘qildi

Payariqda qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan yigitga sud hukmi o‘qildi

Sudlanuvchi Alisher Nodirov (ism, familiyalar o‘zgartirilgan) 1993 yil Payariq tumanida tug‘ilgan. 26 yoshli buydoq bu yigit taassufki, biron foydali yumush bilan shug‘ullanmagan. Tabiiyki, topish-tutishining ham aniq manbasi bo‘lmagan.

Odatdagi kunlarning birida Alisherga notanish bo‘lgan, tadbirga jalb qilingan To‘ra Boliyev Jasmina ismli tanishi bilan jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib berishni so‘rab qoladi. Albatta, bu xizmat tekinga emasdi.

O‘zi shundoq ham moddiy ahvoli yaxshi bo‘lmagan Alisherga bu juda ayni muddao bo‘ldi. O‘zaro kelishuv 50 ming so‘mga baholandi. Ya’ni, shu pulga Alisher To‘ra va Jasminaning «dam» olishlari uchun o‘z xonadonidan foydalanishiga ruxsat beradigan bo‘ldi. Ammo u pullarni sanab ko‘rishgagina ulgurdi, xolos. Negaki, Payariq tumani IIB JQB xodimlari tomonidan pullar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Aniqlanishicha, Alisher Nodirov shu uyda 2000 yildan buyon istiqomat qilib kelgan, ota-onasi vafot etishgan. Albatta, sud majlisida u qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi, pul zarur bo‘lganligi sababli pulga muhtoj bo‘lib, notanish qiz va yigitga nomaqbul ishlari uchun yashash uyida sharoit yaratib berganligi, kelgusida bu kabi jinoyatga aslo qo‘l urmasligi haqida ko‘rsatma berdi.

Sud fuqaroviy da’vo mavjud emasligini e’tiborga olib, unga 250 soat majburiy jamoat ishlari jazosi tayinlandi.

Tayinlangan majburiy jamoat ishlari jazosi Payariq tuman IIO Probatsiya guruhi tomonidan belgilab beradigan joylarda o‘tash belgilandi.

X.KELDIYaROVA,

jinoyat ishlari bo‘yicha Payariq tumani sudi sudyasi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring