Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Paxtachida yashirin «tilla sex» aniqlandi

Paxtachida yashirin «tilla sex» aniqlandi

Foto: «voashona.com»

Paxtachi tumanida tog‘ jinslaridan oltin moddasini ajratish bilan shug‘ullanuvchi yashirin sex faoliyati fosh qilindi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mahkama huzuridagi Departamentning Paxtachi tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.U. va boshqalar yashirin sex tashkil etib, oltin moddasini ajratish va sotish shug‘ullanib kelganliklari aniqlandi.

Tarkibida ma’lum miqdorda oltin moddasi bo‘lgan xomashyo — tog‘ jinslari «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKga qarashli «Qoraqo‘ton» tog‘ tizmasi hududidan o‘g‘irlik yo‘li bilan qazib olib kelingan. Tadbir jarayonida 237 dona qopdagi jami 4 tonna tog‘ jinslari ashyoviy dalil sifatida olingani aytiladi.

Holat yuzasidan A.U. va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring