Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekneftgaz» AJ poraxo‘rlarni fosh qilishni so‘radi

«O‘zbekneftgaz» AJ poraxo‘rlarni fosh qilishni so‘radi

Mamlakatimiz iqtisodiyotiga zarar yetkazuvchi illat — korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashda «O‘zbekneftgaz» AJ ham o‘z yo‘nalishida qat’iy choralarni yanada kuchaytirishni maqsad qilgan.

O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq «O‘zbekneftgaz» AJda oshkoralikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan «O‘zbekneftgaz» AJning korrupsiyaga qarshi kurash siyosati» me’yoriy hujjati mavjud.

Bundan tashqari, aksiyadorlik jamiyati obro‘siga putur yetkazadigan xavflarni oldini olishga qaratilgan bir qator huquqiy me’yoriy tartiblar ishlab chiqilgan va «O‘zbekneftgaz» AJ xodimlarining axloqiy xatti-harakatlari qoidalari» mavjud bo‘lib, ushbu qoidalar barcha rahbar va xodimlar uchun majburiydir.

Aksiyadorlik jamiyati korrupsiyaga qarshi kurashda har bir xodimning shaxsiy ishtiroki muhimligini ta’kidlab, murojaat qiladi. Agar siz korrupsiyaning quyidagi holatlariga duch kelsangiz:

· mas’ul shaxslar o‘z vazifalariga sovuqqonlik bilan qarashsa;

· mansabdorlar vakolatlarini suiiste’mol qilayotgan bo‘lsa;

· hisob-kitob va nazorat ishlarida talon-tarojlikka yo‘l qo‘yilayotgan bo‘lsa;

· hujjatlarda noqonuniy qaydlar kuzatilayotgan bo‘lsa;

· tizim korxonalariga ish taklif qilib, evaziga pora so‘rashsa

darhol, jamiyatning ishonch raqamiga xabar bering: (71) 233 28 88.


«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring