Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston va Belarus Respublikasi Adliya vazirliklari hamkorlikni kuchaytiradi

O‘zbekiston va Belarus Respublikasi Adliya vazirliklari hamkorlikni kuchaytiradi

Foto: Adliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va vazirlik huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti xodimlaridan iborat delegatsiya joriy yilning 26-avgust kuni Minsk shahrida Belarus Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Sergey Zadiran bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi delegatsiyasi a’zolarini Belarus Respublikasi adliya vazirligida ushbu mamlakatning qonun ijodkorligi sohasidagi tajribasi, xususan, normativ-huquqiy hujjatlarning huquqiy ekspertizasida, idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda informatsion texnologiyalardan foydalanish mexanizmi bilan yaqindan tanishtirishga kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida Belarus tomoniga samimiy qabul, ma’lumot olish va tajriba almashish imkoniyati uchun minnatdorchilik bildirildi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri nomidan Belarus Respublikasi Adliya vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonga taklif qilindi.

Tashrif davomida, Belarus Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy tadqiqotlar milliy markazi, Belarus Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv akademiyasi, Huquqiy axborot milliy markazida ham uchrashuvlar o‘tkazish, shuningdek Belarus Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy tadqiqotlar milliy markazi bilan hamkorlik kelishuvi imzolash rejalashtirilgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring