Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘z onasining taqinchoqlarini o‘g‘irlagan erkak qo‘lga olindi

O‘z onasining taqinchoqlarini o‘g‘irlagan erkak qo‘lga olindi

Toshkentda o‘z onasining zargarlik buyumlarini o‘g‘irlaganlikda gumonlanuvchi erkak qo‘lga olindi.

Hodisa 9 may kuni taxminan soat 13.00 da Chilonzor tumanida ro‘y bergan. 36 yoshli Yevgeniy A. 59 yoshli onasi Irina A. uydan chiqqanidan foydalanib, yotoqxonasidan narxi 80.000.000 so‘m bo‘lgan 15 ta turli xil taqinchoqlarni o‘g‘irlab ketgan. Tez oradan Yevgeniy qo‘lga olindi.

Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi («O‘g‘rilik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring