Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘z bolang ta’minotidan ham qochasanmi, yigit?!

O‘z bolang ta’minotidan ham qochasanmi, yigit?!

Jinoiy yoki boshqa jazodan qochib, allaqayda yashirinib yurganlarni tushinish mumkin. Jon shirin, umr g‘animat... Biroq baribir xotirjamlik yo‘q ularda: erta bir kun qo‘lga tushishi bor. Ammo farzand ta’minotidan qochib yurgan otani nima deb oqlash mumkin?

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Oqoltin tumanlararo sudi tomonidan N.Usarovdan O.Komilova foydasiga voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun aliment undirish belgilangani hamono ota tushmagur qochib yashirinsami?! Majburiy ijro byurosi xodimlari (MIB) qidirib topolmaydi yoki bunga ularning vakolati yo‘q, deb o‘ylagan chog‘i?! Ilgari shunqaroq edi, byuro tashkil etilib, unga qator qo‘shimcha vakolatlar berilganidan so‘ng MIB xodimlari bemalol sud qarori ijrosi jarayonida qidiruv ishlari bilan shug‘ullanadigan bo‘ldi. Bunday ishlar bilan mashg‘ul bo‘luvchi alohida bo‘limlar tashkil etildi-da.

Qisqasi, MIBning hamkor tashkilotlar bilan birga boshlagan harakati natija berdi. Sardobalik qidiruvchilar izlay-izlay, nihoyat, N.Usarovni topishdi. U Toshkent viloyati, Zangiota tumanidagi mahallalardan biridan topildi.

Endi uni tegishli tartibdagi ma’muriy jazo kutib turibdi. Ma’muriy jazo unga sud yuklagan majburiyatdan xalos etishini anglatmaydi. Qanday bo‘lmasin, farzandi voyaga yetguncha aliment to‘lashi shart!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring