Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘tgan yili necha nafar amaldor javobgarlikka tortildi? Joriy yilning o‘tgan davrida-chi?

O‘tgan yili necha nafar amaldor javobgarlikka tortildi? Joriy yilning o‘tgan davrida-chi?

Foto: «Xabar.uz»

Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda o‘tgan yili necha nafar mansador shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgani haqida aniq ma’lumot berildi. O‘zbekiston Bosh prokurori o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshevga ko‘ra, 2018 yilda 1907 nafar amaldor turli ko‘rinishdagi mansabdorlik jinoyatlari jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ularning 203 nafariga poraxo‘rligi uchun qonun oldida javob berishiga majbur bo‘ldi.

Avvalroq o‘tkazilgan tadbirda esa Bosh prokuratura korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berib, quyidagi raqamlarni keltirgandi:

— joriy yilning o‘tgan davrida jami 417 nafar turli toifadagi mansabdor shaxslarga nisbatan 420 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan, 206 ta jinoyat ishi bo‘yicha 284 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan va qolgan jinoyat ishlari bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda;

— jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 5 nafari respublika,
17 nafari viloyat va 262 nafari tuman-shahar miqyosidagi vazirliklar, idoralar hamda korxona va tashkilotlarda ishlab kelgan;

— mazkur jinoyatlar oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga

35 mlrd. 652 mln.726 ming so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan, tergov jarayonida ushbu zararning 25 mlrd. 160 mln. 870 ming so‘mi yoki 70,5 foizi undirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring