Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘tgan hafta YHQ buzilgani bilan bog‘liq 14 807 ta fakt qayd etildi

O‘tgan hafta YHQ buzilgani bilan bog‘liq 14 807 ta fakt qayd etildi

Foto: IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi

Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan olib borilayotgan profilaktik ishlar asta-sekinlik bilan natija bermoqda. Misol uchun, joriy yilning yoz faslida olib borilgan ishlar davomida poytaxtda trotuarlarda harakatlanish yoki to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzish kabi piyodalar huquqlarini mensimaslik holatlari sezilarli darajada kamaydi. Ammo yo‘l harakati qoidalari buzilishi profilaktikasi yo‘nalishidagi ishlar hali ko‘p.

2019 yilning 9 sentyabr kunidan 15 sentyabrgacha bo‘lgan davr ichida IIBB YHXB YPX inspektorlari tomonidan Yo‘l harakati qoidalari buzilganligi bilan bog‘liq 14 807 ta faktlarni qayd etishdi, shulardan 1 883 tasi – qupol tarzdagi qoidabuzarliklardir. Umumiy statistikaning ba’zi raqamlari bilan taqdim etilgan jadvalda tanishib chiqishingiz mumkin. Shuningdek ma’lum qilamizki, o‘tgan hafta davomida yo‘l belgilarini mensimaslik bilan bog‘liq 2 411 ta holat va yo‘l chizmalarini mensimaslik bilan bog‘liq 1 573 ta holatlar qayd etildi. Bu esa o‘z navbatida yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilarining huquqlarini hurmat qilmaslikning va to‘qnashuvlar ehtimolini oshirishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri dalilidir.

Hurmatli haydovchi va piyodalar! Yo‘llardagi xulq-atvorimiz bizning kamchiligimiz emas, balki faxrimizga aylanishi zarur. Qoidalarga rioya qilish sog‘liq va hayotni asrashga sabab bo‘ladi. Yo‘l harakati qoidalari – bu faqatgina svetoforning taqiqlovchi signali haqidagi ma’lumot emas, o‘zingiz amin bo‘ling.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring