Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ota farzandini izlamoqda. IIV fuqarolardan yordam berishni so‘radi

Ota farzandini izlamoqda. IIV fuqarolardan yordam berishni so‘radi

Foto: IIV

2019 yil 2 sentyabr kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi 53 yoshli B. Ergashev IIBga murojaat qilib, unda shu kuni soat 14:00larda 26 yoshli o‘g‘li Nodir Ergashev o‘zining davlat raqami 01 A 528 G‘V bo‘lgan «Spark» rusumli avtomashinasida uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib bedarak yo‘qolganligini ma’lum qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berib o‘tdi.

N. Ergashevni qidirib topish choralari ko‘rilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, N. Ergashevni va uning boshqaruvidagi avtomashinani ko‘rgan yoki u haqida biron-bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki «102» telefon raqamiga xabar berishingizni so‘raymiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring