Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sudyalar oliy kengashi raisiga o‘rinbosar va kotib tasdiqlandi

Sudyalar oliy kengashi raisiga o‘rinbosar va kotib tasdiqlandi

Foto (chapdan o‘ngga): Alisher Jalilov va Xurshid Sodiqov.

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisiga o‘rinbosar va kengash kotib tasdiqlandi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga ko‘ra:

Alisher Abduxalimovich Jalilov – O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi o‘rinbosari;

Xurshid Primqulovich Sodiqov – o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiruvchi Sudyalar oliy kengashi a’zosi – kengash kotibi lavozimiga tasdiqlandi.

A. Jalilov 1974-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Faoliyatini tuman sudining sud majlisi kotibligidan boshlagan. O‘tgan yillar davomi shahar sudi sudyasi, tuman sudi raisi, viloyat va Oliy sudda sudya lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Tayinlovga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati Boysun tuman sudining raisi vazifasida ishlagan.

X. Sodiqov 1985 yilda tug‘ilgan. Faoliyati mobaynida jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax viloyati sudida sud majlisi kotibi, bosh mutaxassisi, Oliy sudda katta maslahatchi, bo‘lim boshlig‘i, Chinoz tumani ma’muriy sudi raisi vazifalarida ishlagan.

Tayinlovga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tumani sudi sudyasi lavozida ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring