Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy sudning ikki sudyasi «Huvaydo»ga nega bordi?

Oliy sudning ikki sudyasi «Huvaydo»ga nega bordi?

Foto: Oliy sud matbuot xizmati

Mahallaga sudya kelarkan deyilsa, xayol qochadigan bo‘lib qolgan: «kimni sud qilarkin?». Bunday tasavvur bejiz emas. Yaqin-yaqingacha sudga ishi tushmagan odam «tirik» sudyani ko‘rmasdi hisob. Endi vaziyat o‘zgargan.

Joylarda sayyor sudlar o‘tkazish an’anaga aylanib, bunday «mashvaratlar»ga tez-tez guvoh bo‘lgan odamlar qonun peshvolarini ko‘raverib-ko‘raverib «ko‘zlari pishib» ketyapti hatto. Eng muhimi, tasavvurlar parchalandi: sudyalar qandaydir afsonaviy shaxs emas, hamma qatori odam ekan, sud majlislarida rasmiy ohangda gapirsa-da, boshqa payt kattalarning hurmatini, kichiklarning izzatini joyiga qo‘yib, muayyan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirish berishdan og‘rinmaydi deng... Sudlarga bo‘lgan ishonchni oshirishda shu va shu kabi tadbirlar ancha foyda berayotgani ham bor gap.

Biroq baribir poytaxtning Shayxontohur tumani «Huvaydo» mahallasiga oddiy suddan emas, naq Oliy suddan bir emas, ikki nafar sudya kelishi mahalliy aholining ayrim vakillarini hayron qolgani rost: bizning hududda qanday jiddiy voqea sodir bo‘ldiki, tuman yoki shahar emas, oliy mahkamaning o‘zidan odam kelsa?!

Ko‘p o‘tmay mehmonlar xayrli ish bilan kelishgani ma’lum bo‘ldi.

Respublika «Mahalla» fondi tashabbusi bilan shu mahallada tadbir tashkil qilinib, unga Oliy sudning ikki nafar sudyasi (Husnora Hakimova, Iroda Boltaxodjayeva) taklif etilgani bekorga emas. Sababiki, bir necha oy burun O‘zbekiston Oliy sudi Xolmo‘min Yodgorov (Oliy sud raisining sobiq o‘rinbosari, ayni paytda Sudyalar oliy kengashi raisi) boshchiligida «Oila – muqaddas dargoh», «Vorislik huquqi qonun himoyasida», «Mehnat huquqi qonun himoyasida» hamda «Yerga nisbatan huquqning vujudga kelishi va bekor bo‘lishi» kabi qator qo‘llanmalar nashr etilgandi. Ushbu xayrli ish hukumat rahbari darajasida ma’qullanib, qo‘llanmalar ko‘proq adadda chop etilib, tekinga tarqatishdan tashqari mahallalarda targ‘ib etish, ularning mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida tadbirlar uyushtirish tavsiya etilgandi.

«Huvaydo»da aholi bilan bo‘lgan jonli muloqot shunday tadbirlarning debochasi bo‘ldi. Uchrashuvda Oliy sud sudyalari oila, meros, mehnatga oid huquqlarning vujudga kelishi, bu borada yuzaga keladigan fuqarolik-huquqiy nizolarning hal etish tartiblari haqida atroflicha tushunchalar berdi. Aytildiki, qayd etilgan qo‘llanmalar fuqarolarimizning sudda kamroq ishi tushishi uchun tayyorlangan, zero, haq-huquqini bilgan odam qonun bilan zimmasiga yuklatilgan mas’uliyatni ham anglaydi. Huquq va mas’uliyatni birday anglash esa turli nizolarning oldini olishda muhim omil hisoblanadi.

«Mahalla» fondi bilan hamkorlikda bunday tadbirlar tez-tez uyushtiriladi, nasib...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring