Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oliy sudning ikki nafar sudyasi ketib, ikki nafar yangisi keldi

Oliy sudning ikki nafar sudyasi ketib, ikki nafar yangisi keldi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qarori bilan Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Mamlakat parlamentining yuqori palatasi Kengashining qaroriga muvofiq, Baxrom Abduvaliyevich Tangabayev o‘n yil muddatga, Ibragim Mirzaraximovich Alimov muddatsiz davrga O‘zbekiston Respublikasi Oliy cudining sudyasi lavozimiga saylandi.

Senatning shu qarori bilan Xurshid Iskandarovich Qosimov va Alisher Abduxalimovich Jalilov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Senatining Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan Robaxon Mahmudova Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosarligiga saylangani xabari berilgandi

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring