Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘g‘rilarni mahalladoshlar muhokama qildi

O‘g‘rilarni mahalladoshlar muhokama qildi

23 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumani «Qilichboy» ovul fuqarolar yig‘ini tarkibidagi «Beshovul» mahalla fuqarolar yig‘ini binosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari podpolkovnik M.T.Rahmatullayev, Amudaryo tumani prokurori J.T.Muftullayev, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik U.B.Xudoyberganov hamda jamoat tashkilotlari mas’ullari va mahalla faollari ishtirokida «Qilichboy» ovuli fuqarolari, ayblanuvchining qarindoshlari o‘rtasida Amudaryo tumani «Qilichboy» ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi muqaddam o‘g‘rilik jinoyati bilan sudlangan M.T. va P.A.lar tomonidan sodir etilgan o‘g‘rilik jinoyatlarining sabablari va kelgusida bunday holatlarni oldini olish bo‘yicha muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, M.T. va P.A.lar, 2019 yil 11 dekabrga o‘tar kechasi Chimboy tumanida yakka tadbirkorga tegishli sholi ombori eshigini buzib, ombor ichidagi 8 dona elektr dvigatellarni, 1 dona bolgarka hamda boshqa xo‘jalik buyumlarini o‘g‘irlab ketishgan. Olib borilgan tezkor-tergov harakatlari natijasida fuqarolar M.T. va P.A.lar qo‘lga olingan.

Hozirda Chimboy tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «v,g» bandlari va 169-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat ishini tergov qilish davomida fuqarolar M.T. va P.A.larning sodir etgan boshqa o‘g‘rilik jinoyatlariga aloqadorligi aniqlangan. Ayblanuvchi M.T.ga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Muhokama davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan bu kabi jinoyatlarni oldini olishda mahalla va jamoatchilik bir bo‘lib aholi orasida tushuntirish ishlarini olib borish lozimligi ta’kidlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi tergov boshqarmasi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring