Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Obunachilar yig‘ish uchun poyezd tagiga o‘zini tashlagan bloger qanday jazolanadi?

Obunachilar yig‘ish uchun poyezd tagiga o‘zini tashlagan bloger qanday jazolanadi?

Toshkentda bloger o‘zini poyezd tagiga tashlagani va buni videoga olgani ijtimoiy tarmoqlarda tarqab edi. Toshkent shahar IIBBga ko‘plab jurnalistlardan savollar kelib tushdi va unga ko‘ra blogerga nisbatan qanday jazo qo‘llanilishi so‘raldi.

IIBB matbuot xizmati shu munosabat bilan ichki ishlar vazirligining Toshkent hududidagi temir yo‘l transportida xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi vakillari bilan aloqaga chiqdi va blogerga nisbatan qanday chora qo‘llanishi bilan qiziqdi. Xabar qilinishicha, ushbu video ijtimoiy tarmoqlarda 16 avgustda paydo bo‘lgan.

Tasvirga olish jarayoni esa Yunusobod tumanidagi «Salor» — «Chuqursoy» stansiyasida ro‘y bergan. Blogerlarning shaxsi aniqlangan — 19 yoshli Artur B. va Dmitriy O.

E’tiborli tomoni blogerlar o‘z shaxsini bekitish haqida o‘ylamagan ham. Ularning maqsadi «shuhrat qozonish va obunachilar sonini oshirish» bo‘lgan.

Ushbu holat yuzasidan «blogerlar»ga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik protokoli tuzilgan bo‘lib, 183-moddaga asosan («kichik bezorilik») javobgarlikka tortish ko‘zda tutilgan. Yakuniy qaror sud tomonidan qabul qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring