Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Nazarbek» bekatida elektrovoz yonib ketdi

«Nazarbek» bekatida elektrovoz yonib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Hozirgina Toshkent Nazarbek tomonda poezdda yong‘in chiqdi» mazmunidagi izoh bilan video tarqalgan edi. Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, elektrovozning yonish sabablari o‘rganilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra kecha soat 14.30 larda «Nazarbek» temir yo‘l bekatida vagonlarni belgilangan joyga taqsimlayotgan mashinist Rayxonov Ruslan boshqaruvidagi 2157-sonli elektrovozning ikkinchi kabinasida yong‘in chiqqan. Yong‘in 15.45 da Yong‘in xavfsizligi xizmati tomonidan o‘chirilgan va yong‘in sabablari o‘rganilmoqda. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring