Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Narimon Grigoryan qotilligida gumondor ushlandi

Narimon Grigoryan qotilligida gumondor ushlandi

Toshkentda taniqli dizayner va xoreograf Nariman Grigoryan o‘ldirib ketilgani xabar qilingandi.  Toshkent shahar prokuraturasi qotillikda gumondor ushlanganini ma’lum qildi.

«2020-yil 14-yanvar kuni soat taxminan 11:50larda, 1985-yilda tug‘ilgan, «Grigoryan Nariman» XK dizayneri Nariman Alimdjanovning murdasi, vaqtincha yashab kelgan Yashnobod tumani, Chigil ko‘chasi, 42A-uy, 7-xonadonda qotillik alomatlari bilan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan 14.01.2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida N.Alimdjanovning qotili aniqlanib, ayb e’lon qilindi va unga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov yakuni bo‘yicha batafsil axborot beriladi», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring