Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda toshkentlik mehmonning pullari o‘g‘irlandi

Namanganda toshkentlik mehmonning pullari o‘g‘irlandi

Illyustrativ foto

Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashovchi fuqaro G‘.P., 2020-yil 6-mart kuni Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qiladi.

U o‘z murojaatida shu kuni soat 12:30 da Namangan shahar A.Rahimov ko‘chasida o‘ziga tegishli bo‘lgan «Malibu-2» rusumli avtomashinasini ochiq holatda qoldirib ketganligidan foydalanib, noma’lum shaxs avtomashina salonidagi narxi 300.000 so‘mlik «Samsung» rusumli uyali telefoni apparati va jami 5.200 AQSh dollari pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB 2-sonli IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi «v» bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari natijasida, mazkur jinoyatni Namangan tumanida yashovchi 28 yoshli K.R., sodir etganligi aniqlangan. Dastlabki tergov jarayonida K.R., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, undan 4.000 AQSh dollari, 405.000 so‘m pullar va «Samsung» rusumli uyali aloqa vositasi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring