Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Murosa»ni bilmaydigan MIB qarzdor va haqdorni murosaga keltirdi

«Murosa»ni bilmaydigan MIB qarzdor va haqdorni murosaga keltirdi

Foto: «Xabar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining (MIB) ishi ma’lum: kelib tushgan ijro hujjatlarini amalga oshirishi shart! Ijro jarayonida nimalar ro‘y bermasin, baribir, ishni oxirigacha yetkazish talab qilinadi.

Yozyovon tumanidagi «Saxovatli Komiljon ota» fermer xo‘jaligi «Xalq banki» Yozyovon tuman filialidan 177 mln. 322 ming so‘m kredit mablag‘i ko‘targan edi (2019-yil oktyabr). Ana-mana bo‘lib, fermer ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygunga qadar bir necha oy o‘tib ketdi.

Bank qarab turadi, deysizmi? Shartta Marg‘ilon tumanlararo iqtisodiy sudiga murojaat qildiki, nizo fermerdan olgan kreditini (foizlari bilan) undirishni belgilanish bilan xotima topdi.

Sud qarori ijroga qaratilishi bilan MIB xodimi u yoq-bu yoqqa qaramay ishga kirishib... ketmadi! Aksincha, taraflarni suhbatga taklif etib, murosai madoraga chaqirdi. Bugungi murakkab sharoitda hech kimga oson emas. Fermer ishini endi-endi yo‘lga qo‘yyapti, imkoniyati chakkimas, shunday ekan, vaziyatdan kelib chiqib, o‘zaro kelishib olinsa bo‘lmaydimi?! Qolaversa, kredit mablag‘larini shartta undirib olgandan ko‘ra, aylanib turgani bankka ko‘proq foyda emasmi?!

Xullas, tomonlar vaziyatdan kelib chiqib, bir-birining imkoniyatini chamalashdi va kelishuv bitimini imzoladilar. Unga muvofiq, fermer shu kunning o‘zida bir necha oydan buyon to‘planib qolgan 17 mln. 322 ming so‘mlik kredit qarzi va foizlarini to‘liq to‘ladi. Bu yog‘iga  qolgan qarzini belgilangan grafik asosida yopib borish kafolatini ham berdi.

Masala shu tariqa hal bo‘ldi. Ijro ishi ham ortiqcha asabbuzarliksiz tamomlandi.

Bo‘larkan-ku!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring