Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moddiy madaniy meros ob’yektidan foydalanayotgan yuridik shaxslarga 1 noyabrgacha muddat berildi

Moddiy madaniy meros ob’yektidan foydalanayotgan yuridik shaxslarga 1 noyabrgacha muddat berildi

Hukumat qarori (881-son, 18.10.2019 y.) bilan Moddiy madaniy meros ob’yektlaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda adliya vazirligi kanalida ma’lumot berilgan.

Nizomga muvofiq, balansida davlat mulki hisoblangan moddiy madaniy meros ob’yekti bo‘lgan yuridik shaxs har yili 1 noyabrga qadar foydalanish taklif etilayotgan ob’yekt bo‘yicha Madaniy meros departamentining hududiy boshqarmasiga taklif kiritadi.

Hududiy boshqarma ushbu ob’yektni joyiga chiqib o‘rganadi hamda undan foydalanish maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligi haqida xulosa tayyorlaydi.

Doimiy va davriy ravishda diniy urf-odat va marosimlar o‘tkazib turiladigan ob’yektdan foydalanish maqsadlari va shartlari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan kelishiladi.

Hududiy boshqarma xulosasining asosli ekanligi Departamentning Ilmiy-ekspert kengashi tomonidan tekshiriladi.

Kengash tomonidan ob’yektdan foydalanish shartlari va maqsadlari tasdiqlangan taqdirda tegishli qaror qabul qilinadi va ular departamentning veb-saytida e’lon qilinadi.

Departament, uning hududiy boshqarmasi hamda jismoniy va yuridik shaxslar bo‘sh turgan va oqilona foydalanilmayotgan ob’yektni foydalanishga berish taklifi bilan chiqishi mumkin.

Quyidagi faoliyat turlari uchun ob’yekt bir yilgacha foydalanishga berilishi mumkin:
— savdo faoliyati;
— esdalik sovg‘alari va hunarmandchilik buyumlari sotish;
— kompyuter, nusxa ko‘chirish va Internet xizmatlari ko‘rsatish;
— foto, video va ekskursiya xizmatlari ko‘rsatish.

Shuningdek, ob’yekt 5 yildan 30 yilgacha muddatga ijaraga berilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring