Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MIB: «STRAUS HOUSE»dan jabr ko‘rganlarga pulni qaytarish boshlandi

MIB: «STRAUS HOUSE»dan jabr ko‘rganlarga pulni qaytarish boshlandi

Xabaringiz bor, 2019-yilning dastlabki kunlaridan ijtimoiy tarmoqlar, radio va televideniye orqali «STRAUS HOUSE» nomi bilan mashhur bo‘lgan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi korxona tomonidan tuyaqush jo‘jalarini yetishtirish bilan bog‘liq reklamalar avj olgandi.

Biroq, keyinchalik jamiyat mansabdor shaxslari aholiga tuyaqush jo‘jalarini yetkazib bermasdan firibgarlik yo‘lini tutgani bois jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi ma’lum bo‘lgandi.

Ko‘p o‘tmay sud jarayoni boshlandi va jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi tomonidan  «Straus House» MChJ ta’sischisi I. Isroilov, direktor A. Maxmutaliyev direktor o‘rinbosari D. Qutpiddinov bosh hisobchi  O. Saidovga nisbatan hukm o‘qildi.

Mazkur hukm qonuniy kuchga kirgan ko‘rinadi. Negaki, «STRAUS HOUSE» MChJ mansabdor shaxslari va boshqalarning harakatlari oqibatida, jabrlanuvchi deb e’tirof etilgan 347 nafar fuqarolarga 7 mlrd. 100 mln. so‘mdan ortiq moddiy zararlarni undirib berilishi yuzasidan Majburiy ijro byurosiga (MIB) tegishli ijro hujjatlari kelib tushgan.  Bu haqda «Xabar.uz»ga MIB markaziy apparati matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Qayd etilishicha, jabr ko‘rgan fuqarolarga zararni undirish bo‘yicha kelib tushgan ijro hujjatlariga asosan moddiy zararlarni jabrlanganlarning hisob-raqamlariga o‘tkazishda maqsadida, Majburiy ijro byurosi tomonidan hududlarda ishchi guruhlar tashkil etildi.

Jabr ko‘rgan fuqarolarning aksariyati viloyatlarda istiqomat qilishlari inobatga olib, ularga yanada qulaylik yaratish va ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish maqsadida, quyidagi manzillarga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (fuqarolik pasporti) hamda plastik kartochkalari bilan 21.09.2020 yildan boshlab (MIB hududiy boshqarmalarga soat 09-00 dan 18-00 ga qadar) murojaat qilishlari so‘raladi.

Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalariga
murojaat etish bo‘yicha
M A ’ L U M O T

T/R

Xududlar

Manzil

    Mas’ul

Telefon raqam

1.

Andijon viloyat boshqarmasi

Andijon sh., 2-daha

J.Abdullayev

74-226-30-66

 

2.

Buxoro viloyat boshqarmasi

Buxoro viloyati, Buxoro shahri, H.T.Buxoriy ko‘chasi 3-uy

A.Latipov

65-221-55-33

 

3.

Jizzax viloyat boshqarmasi

Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangibo‘ston ko‘chasi,
4-uy

K.Abdiyev

72-227-07-95

 

4.

Qashqadaryo viloyat boshqarmasi

Qarshi shaxri, I.Karimov ko‘chasi , 51A-uy

B.Panjiyev

75-221-28-42

 

5.

Navoiy viloyat boshqarmasi

Navoiy shahri, G‘alaba shoh ko‘chasi, 176B-uy

M.Xo‘jayev

79-223-41-77

 

6.

Namangan viloyat boshqarmasi

Namangan shaxri, S.Sheroziy
3-tor ko‘chasi 5A-uy

J.Hakimov

69-228-82-76

 

7.

Samarqand viloyat boshqarmasi

Samarqand shahri, Spitamen shohko‘chasi, 270A-uy

X.Ikramov

66-221-78-24

 

8.

Surxondaryo viloyat boshqarmasi

Termiz shahri, Istiqlol ko‘chasi 80-uy

A.Xursanov

76-227-32-13

 

9.

Sirdaryo viloyat boshqarmasi

Guliston shahri, I.Karimov ko‘chasi, 35-uy

U.Mamarasulov

67-235-00-17

 

10.

Farg‘ona viloyat boshqarmasi

Farg‘ona shahri, Ma’rifat ko‘chasi 22-uy

R.Razzoqov

73-244-09-06

 

11.

Xorazm viloyat boshqarmasi

Urganch shahri, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 53-uy

R.Tillayev

62-224-65-72

 

12.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi

Nukus shahri, Islom Karimov ko‘chasi, raqamsiz uy

B.Utebayev

61-222-84-88

 

13.

Toshkent shahar

(Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yashovchi fuqarolar uchun)

Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Aviasozlar 4-mavze, 68-uy

M.Mahmudov

71-207-20-19 (1003)

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring