Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarini retseptsiz sotish jinoiy javobgarlika sabab bo‘ladi

Kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarini retseptsiz sotish jinoiy javobgarlika sabab bo‘ladi

Illyustrativ foto

«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» Qonun (O‘RQ-629-son, 21.07.2020-y.) prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda Jinoyat kodeksining sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalari aylanishi bilan bog‘lik noqonuniy harakatlar uchun javobgarlik ko‘rsatilgan moddalariga tegishli qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan, Jinoyat kodeksining 186³-moddasiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzganlik uchun alohida javobgarlik belgilanib, ushbu harakatni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etganlik uchun aybdor 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Mazkur o‘zgartirishlar Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach amalga kiritiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring