Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kredit olding, ta’minoti qani?

Kredit olding, ta’minoti qani?

Foto: newsone.ua

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda g‘alati-g‘alati holatlar aniqlanmoqda.

Bitta misol.  Bitta emas, uchta MChJ direktori va yana bir xo‘jalik yurituvchi sub’yekt ta’sisichisi bo‘lgan O.D. AITB «Ipak Yo‘li» bankidan judda ko‘p miqdorda kredit olibdi. Xo‘p, yaxshi.  Biroq o‘sha pullarga sotib olingan  1 ta «Avtobetonmikser», 2 ta «Lasetti», 2 ta «Malibu-2», 1 ta «Treker» va 1 ta «Lada Vesta SW Cross» rusumli avtomashinalarni kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘ymasdan sotib yuborganiga nima deysiz?!

Bu jarayonda hujjatlarni qanday rasmiylashtirib, «oldi-sotdi» shartnomalarni qanday tuzganiga faqat hayron bo‘lish mumkin. Bularga endi tergov jarayonida aniqlik kiritiladi, nasib... Chunki, ayni paytda  O.D. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring