Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kollejda o‘quvchi qiz qarindoshinikida bosqinchilik qildi

Kollejda o‘quvchi qiz qarindoshinikida bosqinchilik qildi

Foto: «Zabmedia»

Shu yil 19-yanvar kuni noma’lum shaxs Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida yashovchi O‘.B.ning uyiga bostirib kirib, uning birga yashovchi 16 yoshli nabirasi B.O‘.ning boshiga noma’lum jism bilan urib, u yerdan pullari va zargarlik buyumlarini olib, voqea joyidan yashiringan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada B.O‘. olgan jarohatidan kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni uy egasi O‘.B.ning birga yashovchi jiyani, Samarqand pedagogika kolleji 2-bosqich o‘quvchisi S.N. (ismli qiz) va Gulakandoz mahallasida yashovchi, Charxin ijtimoiy-iqtisodiyot kolleji 2-bosqich o‘quvchisi, muqaddam sudlangan N.S.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan. Holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring