Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karantin? Ijroga bu bahona bo‘lmaydi!

Karantin? Ijroga bu bahona bo‘lmaydi!

Foto: Xabar.uz

AT Xalq bankining Navoiy viloyati Qiziltepa filiali rahbarligidan chetlatilgan Sh. Aminov respublika boshqaruvini sudga bergandi. Lavozimiga tiklash da’vosi bilan. Sud da’voni qanoatlantirdi va qarorni Majburiy ijro byurosining Chilonzor tuman bo‘limiga yubordi.

Aslida-ku, javobgar tomon (bank) bitta buyruq bilan masalani hal qilib qo‘ysa, ortiqcha asabbuzarlik va ovoragarchilikka hojat qolmasdi. Chunki, orqaga yo‘l yo‘q: sud qarori kuchda ekan, ijroga tushov bo‘laverish baribir befoyda.

Xullas, bank qaror ijroni amalga oshirish uchun berilgan ixtiyoriy muddatni o‘tkazvordi. Bunga karantinni sabab sifat sifatida ko‘rsatildi.

Uydan ko‘chirish yoki uyga kiritib qo‘yish kabi ijro hujjati bo‘lsa, bu boshqa gap. Sabr qilish mumkin. Kechirgaysiz, ishga tiklash bo‘yicha sud qarori ijrosiga karantinning aloqasi yo‘q.

Masalani paysalga solish yaxshigina jarimaga sabab bo‘lishi uqtirilgach, javobgar tegishli buyruq chiqarishdan boshqa chora yo‘qligini nihoyat, tushunib yetdi. Va, yoqsin-yoqmasin, Sh.Aminov bankning Qiziltepa filiali boshqaruvchisi lavozimiga ishga tiklanish haqida buyruq chiqardi.

Xulosa: osongina ko‘ringan shugina ijro ishi MIB xodimini yaxshigina «terlatdi», murakkab ijro harakatlari jarayonida ular duch keladigan g‘urbatlarni qo‘yavering...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring