Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karate milliy federatsiyasi sudda yana yutqazdi!

Karate milliy federatsiyasi sudda yana yutqazdi!

O‘zbekiston Karate milliy federatsiyasi (O‘KMF) raisligiga saylanib (2018-yil, may), to‘rt oydan so‘ng mojaroli tarzda vazifasidan ozod etilgan Nurxon Nafasov sudda yutib chiqqani xabarini bergan edik. Ya’niki, fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining shu yil 27-avgust kungi hal qiluv qaroriga ko‘ra, federatsiyaning 26.09.2018-yildagi yig‘ilish bayonnomasi va qarori haqiqiy emas, Nurxon Nafasovni federatsiya rahbarligidan ozod etish haqidagi buyruq esa g‘ayriqonuniy deb topilgandi.

Bugun fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida mazkur hal qiluv qaroridan norozi bo‘lgan O‘KMFning  apellyasiya shikoyati ko‘rib chiqildi.

Sudlov hay’atining ajrimiga ko‘ra, keltirilgan apellyasiya shikoyati rad etildi, birinchi bosqich sudining hal qiluv qarori o‘z kuchida qoldirildi.

Darvoqe, sudlov hay’ati shu bilan cheklanib qolgani yo‘q. Sud majlisi jarayonida javobgar (O‘KMF) vakiliga ogohlantirish bergan bo‘lsa, da’vorgar advokati o‘zini odob doirasida tutmagani sabab unga nisbatan xususiy ajrim chiqardi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Toshkentda bo‘lib o‘tgan karate bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasida mushlashuv yuz bergan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring