Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karantin vaqtida sudlarda qanday toifadagi ishlar ko‘rilishi mumkin? – Oliy sud yana bir marta eslatma bilan chiqdi

Karantin vaqtida sudlarda qanday toifadagi ishlar ko‘rilishi mumkin? – Oliy sud yana bir marta eslatma bilan chiqdi

Foto: Xabar.uz

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati shu yilning 20 martida bayonot berib, Oliy mahkama Rayosatining  «O‘zbekiston Respublikasi sudlarida COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq mamlakatimiz sudlarida fuqarolarning shaxsiy qabuli, sud jarayonlari va sayyor sud majlislari vaqtincha to‘xtatilganini bildirgan edi. Mazkur huquqiy hujjatga ko‘ra, sudlar tomonidan karatin sharoitida faqat kechiktirib bo‘lmaydigan toifadagi ishlargina ko‘rib chiqilishi alohida qayd etiladi.

Bugun Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov avvalgi bayonotni yana bir marta eslatar ekan, kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar toifasiga aniqlik kiritdi.

Unga ko‘ra, qaratin sharoitida:

  • qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘llash;
  • qamoqda saqlash muddatini uzaytirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish;
  • shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish;
  • ma’muriy qamoqqa olish;
  • shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish (statsionarda yotish muddatini uzaytirish);
  • shaxsni sil kasalligiga qarshi kurashish muassasasiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish (muassasada yotish muddatini uzaytirish);
  • fuqaroni muomala layoqatini cheklash yoki muomalaga layoqatsiz deb topish kabi malalalar kechiktirib bo‘lmaydigan toifadagi ishlar ishlar sirasiga kiradi. Shuningdek, sudlar sud buyrug‘i tartibidagi ishlarni ham ko‘rishi mumkin.

Oliy sud matbuot xizmati alohida qayd etadiki, fuqarolar hujjatlarni sudlarga faqat elektron shaklda yoki pochta orqali yuborishi tavsiya etiladi.

Bundan tashqari, ko‘rib chiqilish uchun tayinlangan ishlar qoldirilganligi sababli, ularni ko‘rilishga qayta tayinlangan vaqti bo‘yicha sud majlisi ishtirokchilariga alohida xabar qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring